locale OZ

La Liga. «Real» o‘z maydonida «Jirona» bilan ochko bo‘lishdi

Madrid klubi ketma-ket 3-o‘yinda ochko yo‘qotdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Real» o‘z maydonida «Jirona» bilan ochko bo‘lishdi
ФОТО: Getty images

Ispaniya La Ligasining 31-turidan o‘rin olgan bahsda “Real” o‘z maydonida “Jirona” bilan durang o‘ynadi — 1:1.

Dastlab 51-daqiqada madridliklar yarim himoyachisi Federico Valverde hisobni ochdi. Mehmonlar 62-daqiqada Toma Lemar tomonidan kiritilgan gol evaziga muvozanatni tiklashdi.

Shunday qilib, “Real” ketma-ket ikkinchi o‘yinda ochko yo‘qotdi va La Liga turnir jadvalida 70 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. “Jirona” esa (38 ochko) turnir jadvalida 12-o‘rinni band etgan.

Ispaniya La Ligasi. 31-tur
“Real” — “Jirona” — 1:1
Gollar: Federico Valverde 51 (1:0), Toma Lemar 62 (1:1).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting