La Liga. «Real» «Elche» maydonida ochko yo‘qotdi
Natijada "Real" ochkolarini 32 taga yetkazib, La Liga turnir jadvalida "Barselona"ni (31) ortda qoldirdi.
ФОТО: Getty images
"Real" Ispaniya chempionatining 13-turida "Elche" mehmoni bo‘ldi va 2:2 hisobida durang qayd etdi.
Madridliklar safida gollarga Din Xyoysen va Jud Bellingem mualliflik qildi. Maydon egalari safida Aleyks Febas va Alvaro Rodriges o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Natijada "Real" ochkolarini 32 taga yetkazib, La Liga turnir jadvalida "Barselona"ni (31) ortda qoldirdi. Endilikda Xabi Alonso jamoasi 1-o‘rinni egallab turibdi.
La Liga. 13-tur
Elche — Real 2:2
Gollar: Febas (53), Rodriges (84) — Heysen (78), Bellingem (87).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist