La Liga prezidenti: “APL pulni behuda sarflaydi. Bizda esa samarali liga bor”
FОТО: La Liga
La Liga prezidenti Xaver Tebas Ispaniya chempionati sportga sarmoya kiritish bo'yicha eng samarali liga ekanligini aytdi.
“Premyer-liga pulni behuda sarflaydi. Biz esa sportga sarmoya kiritish bo'yicha eng samarali ligamiz. Italiya o'z ligasiga katta sarmoya kiritadi, ammo uning futbolchilari transfer bozori yuqori baholanmaydi.
Klublarimiz chempionat rivojiga eng ko'p sarmoya kiritmoqda. Hozirgi mahsuldorlik shakli eng dolzarb masala hisoblanadi”, - deya Tebasning so'zlarini keltiradi AS nashri.
Nasrullo Karimov
Jurnalist