locale OZ

La Liga. Mbappening dublari «Real»ni peshqadamga aylantirdi

Ispaniyada 21-tur uchrashuvlari davom etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. Mbappening dublari «Real»ni peshqadamga aylantirdi
ФОТО: Getty images

Madridning "Real" klubi La Liga 21-turida safarda "Vilyarreal"ni mag'lub etdi - 2:0.

Uchrashuvda Kilian Mbappe dubl qayd etdi. U 47 va 90+2-daqiqalarda (penalti orqali) gol urdi.

Natijada "Real" 51 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni qo'lga kiritdi. 49 ochkoga ega "Barselona" esa yakshanba kuni "Oviedo"ni qabul qiladi. "Vilyarreal" 41 ochko bilan 4-pog'onada bormoqda.

La Liga. 21-tur
Vilyarreal - Real - 0:2
Gollar: 47' 0:1 - K. Mbappe, 90+4' 0:2 - K. Mbappe (penaltidan).
Vilyarreal: Luis Junior, Foyt (Marin, 23), Veiga, Pedraza, Navarro, Parexo (Partey, 77), Guye, Moleyro, Byukenan (Pepe, 70), Moreno (Oluvaseyi, 70), Mikautadze (Peres, 76)
Real: Kurtua, Raul Asensio, Xeysen, Karreras, Valverde, Kamavinga, Bellingem, Arda Gyuler (Dias, 80), Vinisius Junior, Mastantuono (Garsia, 74), Mbappe

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting