locale OZ

La Liga. «Barselona» «Valensiya»ni tor-mor etdi

Uchrashuvda Yamal ishtirok etmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Barselona» «Valensiya»ni tor-mor etdi
ФОТО: Getty images

"Barselona" o‘z maydonida La Liga 4-turidan o‘rin olgan bahsda "Valensiya"ni mag‘lub etdi – 6:0.

"Ko‘k-anorranglilar" safida yarim himoyachi Fermin Lopes (29 va 56-daqiqalar), shuningdek, hujumchilar Rafinya (53 va 66-daqiqalar) va Robert Levandovski (76 va 86-daqiqalar) dubl qayd etdi.

"Barselona" 10 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida 2-o‘rinda, "Valensiya" esa 4 ochko bilan 15-pog‘onada bormoqda.

Barselona – Valensiya – 6:0
Gollar: Fermin Lopes, 29 (1:0). Rafinya, 53 (2:0). Fermin Lopes, 56 (3:0). Rafinya, 66 (4:0). Levandovski, 76 (5:0). Levandovski, 86 (6:0)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting