La Liga. «Barselona» safarda «Elche»ni mag'lub etdi
Ispaniya La Ligasining 22-turidan o'rin olgan "Elche" - "Barselona" uchrashuvi yakuniga yetdi. Bahsda mehmonlar 3:1 hisobida g'alabani nishonlashdi.
Uchrashuvda hisobni "Barselona" hujumchisi Lamin Yamal oltinchi daqiqada ochdi. Uchrashuvning 29-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Alvaro Rodriges muvozanatni tikladi. 40-daqiqada Ferran Torres "ko'k-anorranglilar"ni oldinga olib chiqdi. 72-daqiqada hujumchi Markus Reshford "Elche" darvozasiga uchinchi to'pni kiritib, o'yindagi yakuniy hisobni o'rnatdi.
Ispaniya chempionatining 22 o'yinidan so'ng "Barselona" ochkolarini 55 taga yetkazib, peshqadam bo'lib turibdi. "Elche" esa 24 ochko bilan 14-pog'onaga joylashgan.
La Liga. 22-tur
Elche - Barselona - 1:3
Gollar: Yamal, 6 (0:1). Rodriges, 29 (1:1). Torres, 40 (1:2). Reshford, 72 (1:3)
Elche: Penya, Chust, Donald, Affengruber (Petro, 74), Aguado (Redondo, 56), Mendosa, Valera, Pedrosa, Diangana (Neto, 60), Andre Silva (Boyar, 60), Rodriges (Sepeda, 74)
Barselona: X. Garsiya, Kubarsi, E. Garsiya, Balde, Kunde (Arauho, 84), de Yong, Fermin Lopes (Kasado, 85), Olmo (Bernal, 62), Rafinya (Reshford, 46), Yamal, Torres (Levandovski, 62)