La Liga. \"Barselona\" g'alaba qozonib, peshqadamligini yanada mustahkamladi
Photo: Getty Images
Ispaniya chempionatining 33-turida “Barselona” “Malorka”ni qabul qilib, kichik hisobda g'alaba qozondi.
O'yinning 46-daqiqasida Dani Olmo hisobni ochib, kataloniyaliklarga g'alaba keltirdi, - 1:0.
Ushbu g'alabadan so'ng “Barselona” ochkolari sonini 76 taga yetkazib, 1-o'rinni mustahkamladi. “Real” bilan farq 7 ochkoga yetdi. “Malorka” 44 ochko bilan 7-o'rinda qoldi.
La Liga. 33-tur
“Barselona” 1:0 “Malorka”
Gol: Olmo 46 (1:0)
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist