locale OZ

La Liga. «Atletiko» safarda «Levante»ni magʻlub eta olmadi

Uchrashuv nursiz durang bilan yakunlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Atletiko» safarda «Levante»ni magʻlub eta olmadi
FOTO: Getty Images

Ispaniya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan «Levante» hamda Madridning «Atletiko» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi. «Syuidad de Valensiya» stadionida kechgan bahsda g‘olib aniqlanmadi.

O‘yin davomida har ikki jamoada ham vaziyatlar yuzaga kelgan bo‘lsa-da, hisob ochilmadi. Bosh hakam Viktor Garsiya Verdura boshqarib borgan bahsda darvozalar daxlsizligi saqlab qolindi va jamoalar nursiz durangga (0:0) imzo chekishdi.

Mazkur natijadan so‘ng, Diego Simeone shogirdlari ochkolari sonini 45 taga yetkazib, turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. «Levante» esa 21 o‘yindan so‘ng 18 ochko bilan 19-pog‘onadan joy olgan.

Chempionatning 23-turida madridliklarni jiddiy sinov kutmoqda — ular 8 fevral kuni o‘z maydonlarida «Betis»ni qabul qilishadi. Shu kuni «Levante» Bilbaoda mahalliy «Atletik» mehmoni bo‘ladi.

La Liga. 22-tur

«Levante» — «Atletiko» 0:0

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting