La liga. 8-tur. Osasuna kambek evaziga Xetafe ustidan g'alaba qozondi
Ispaniya La ligasining 8-turidan o'rin olgan Osasuna hamda Xetafe jamoalari o'rtasidagi qarama-qarshilik bo'lib o'tdi.
Qiziqarli va keskin kurashlarga boy tarzda kechgan ushbu bellashuvda mezbonlar kambek evaziga g'alabani qo'lga kiritishdi. Dastlab Xetafe futbolchisi Mayoral 23-daqiqada Milyani uzatmasidan keyin hisobni ochgan bo'lsa 0:1, birinchi taymga qo'shib berilgan 3-daqiqada Bretones o'rtadagi muvozanatni tikladi, 1:1. 90-daqiqada Katena kambekni amalga oshirib Osasunani g'alabasini ta'minladi, 2:1.
La liga. 8-tur.
Osasuna - Xetafe 2:1
Gollar: Mayoral (23), Bretones (45+3), Katena (90).
Osasuna - Errera - Xuan Krus, Katena, Boyomo - Bretones, Moyses Gomes, Torro, Monkayola, Roze - Munos, Budimir.
Xetafe - Soriya - Riko, Abkar, Duarte, Iglesias, Femeniya - Martin, Milya, Arambarri - Mayoral, Sankris.