La Liga. 28-turda qayd etilgan barcha natijalar bilan tanishing
Hozirda «Barselona» turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda.
FOTO: Getty Images
Ispaniya La Ligasining 28-turidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar yakuniga yetdi. Quyida ushbu turda qayd etilgan natijalar bilan tanishishingiz mumkin.
13 mart, juma:
«Alaves» — «Vilyarreal» — 1:1.
14 mart, shanba:
«Jirona» — «Atletik» — 3:0;
«Atletiko» — «Xetafe» — 1:0;
«Oviedo» — «Valensiya» — 1:0;
«Real» — «Elche» — 4:1.
15 mart, yakshanba:
«Malyorka» — «Espanyol» — 2:1;
«Barselona» — «Sevilya» — 5:2;
«Betis» — «Selta» — 1:1;
«Real Sosedad» — «Osasuna» — 3:1.
16 mart, dushanba:
«Rayo Valyekano» — «Levante» — 1:1.
Mazkur turdan so‘ng turnir jadvalining yuqori qismida «Barselona» 70 ochko bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. Ikkinchi pog‘onada 66 ochko bilan «Real» Madrid bormoqda, kuchli uchlikni esa 57 ochko jamg‘argan «Atletiko» yakunlab turibdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist