Kyeza: «Men Ronaldu bilan birga oʻtmaganman, lekin menimcha, Messi tarixdagi eng buyuk futbolchi»
«Liverpul» hujumchisi tarixdagi eng buyuk oʻyinchi kimligini aytdi.
FOTO: Getty Images
«Liverpul» hujumchisi Federiko Kyeza futbol tarixidagi eng buyuk oʻyinchi kimligini aytdi. Bu haqda u Sky Sports nashriga bergan intervyusida soʻz yuritdi.
«Men Krishtianu Ronaldu bilan birga oʻtmaganman — bu ajoyib tajriba edi. Messi va Ronaldu futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilar. Ammo haqiqatni aytish kerak boʻlsa, Leo Messi — tarixdagi eng buyuk oʻyinchi», — dedi Kyeza.
Eslatib oʻtamiz, Kyeza 2020—2021 yillar oraligʻida «Yuventus» safida Ronaldu bilan birga toʻp surgan. Portugaliyalik yulduz 2018 yilning yozida Turin klubiga oʻtgandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist