Kurtua birinchi, Donnarumma ikkinchi — Score 90 2025 yilning eng yaxshi darvozabonlari reytingini eʼlon qildi
Avvalroq Donnarumma «The Best» sovrinini qoʻlga kiritgandi.
FOTO: Getty Images
Score 90 nashri 2025 yil yakunlariga ko‘ra dunyoning eng kuchli 5 nafar darvozaboni reytingini e’lon qildi.
Qayd etish joiz, «Manchester Siti» posboni Janluiji Donnarumma avvalroq France Football talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan bo‘lsa-da, ushbu reytingda ikkinchi o‘rindan joy oldi.
Score 90 versiyasiga ko‘ra, 2025 yilning eng yaxshi darvozaboni sifatida Madridning «Real» klubi posboni Tibo Kurtua e’tirof etildi. Kuchli uchlikni esa Londonning «Arsenal» jamoasi darvozaboni, ispaniyalik David Raya yakunlab berdi.
Score 90 talqiniga ko‘ra 2025 yilning eng yaxshi 5 darvozaboni:
- Tibo Kurtua («Real» Madrid)
- Janluiji Donnarumma («Manchester Siti»)
- David Rayya («Arsenal»)
- Alisson («Liverpul»)
- Joan Garsiya («Barselona»)
Nasrullo Karimov
Jurnalist