locale OZ

Kurt Zuma Ruminiya klubi bilan shartnoma imzoladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurt Zuma Ruminiya klubi bilan shartnoma imzoladi
ФОТО: Getty images

“Chelsi”ning sobiq himoyachisi Kurt Zuma faoliyatini Ruminiya chempionatida davom ettiradi.

Fransiyalik 30 yoshli futbolchi “FR Kluj” klubi bilan shartnoma imzoladi.

Futbolchi faoliyatini Rossiya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkinligi xabar qilingan. Uning agentlari mijozini “Spartak” va “Dinamo”ga taklif qilishgandi. Ammo u Ruminiyaga yo'l olishga qaror qilgan.

O‘tgan mavsumda Kurt Saudiya Arabistonining "Al-Oruba" jamoasida to‘p surdi. Bu klub safida 19ta uchrashuvda maydonga tushib, 1ta gol urdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting