Kunya, Sheshko va Maguayrning qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi
12 ta o‘yindan so‘ng “qizil iblislar” APL turnir jadvalida 18 ochko bilan 10-o‘rinda borishmoqda.
ФОТО: Getty images
“Manchester Yunayted”ning Premyer-liga 13-turidagi “Kristal Pelas”ga qarshi o‘yinidan oldin jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim bir necha futbolchilarining hozirgi jismoniy holati haqida gapirdi.
Portugal mutaxassisi himoyachi Harri Maguayr hamda hujumchilar Mateus Kunya va Benjamin Sheshkoning tiklanish muddatlarini aytib o‘tdi.
“Sheshkoga biroz ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi, Harriga ham. Mateusning esa bu safar emas, balki keyingi o‘yindan qaytishini kutyapman”, — deya portugaliyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Goal.
12 ta o‘yindan so‘ng “qizil iblislar” APL turnir jadvalida 18 ochko bilan 10-o‘rinda borishmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist