locale OZ

Kunning ikkinchi qismida Andijon jamoasi navbatdagi mashgʻulotini oʻtkazdi

Antaliya yigʻini doirasidagi tayyorgarlik jarayoni jadal surʼatlarda davom etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kunning ikkinchi qismida Andijon jamoasi navbatdagi mashgʻulotini oʻtkazdi
photo: Andijon fk

Antaliya yigʻini doirasidagi tayyorgarlik jarayoni jadal surʼatlarda davom etmoqda.

Mashgʻulotda jamoaga Cheran hamda Chalasan ham qoʻshilishdi. Ularning safga qaytishi tayyorgarlik jarayonini yanada boyitdi va raqobat muhitini kuchaytirdi. Futbolchilar mashgʻulot davomida yuqori kayfiyat va katta ishtiyoq bilan ish olib borishdi.

Murabbiylar shtabi asosiy eʼtiborni jismoniy holat, toʻp bilan ishlash hamda taktik vazifalarga qaratdi. Mashgʻulot yuqori surʼatda, intizom va jamoaviy ruhda oʻtdi.

Antaliya yigʻini burgutlar uchun yangi mavsum oldidan muhim bosqich boʻlib, har bir mashgʻulot umumiy maqsad sari tashlangan navbatdagi qadam hisoblanadi. Tayyorgarlik davom etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting