locale OZ

Kunde «Oltin to‘p»ga kim loyiq ekanini aytdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kunde «Oltin to‘p»ga kim loyiq ekanini aytdi
ФОТО: Getty images

"Barselona" hamda Frantsiya terma jamoasi futbolchisi Juyul Kunde Usmon Dembele ham, Lamin Yamal ham "Oltin to‘p"ga loyiq deb hisoblamoqda.

"Men buni avval ham aytganman va yana bir bor takrorlayman. Ikkalasi ham bunga loyiq. Ular ajoyib mavsum o‘tkazishdi, buning ustiga sovrinlar bilan. Ikkalasini ham jamoadoshi sifatida tanlash oson emas.

Men ovoz beradiganlardan emasman, ikkalasini ham yoqlaydigan argumentlar bor. Men Lamin bilan o‘ynashdan, uning bizga qanday yordam berayotganini ko‘rishdan baxtiyorman. Usmon, aytish mumkinki, cho‘qqiga chiqdi va statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zining eng yaxshi futbolini ko‘rsatmoqda. Eng kuchlisi g‘alaba qozonsin", - dedi "Barselona" va Frantsiya terma jamoasi himoyachisi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting