Kunde: «Natijadan xafamiz, lekin ajablanmadik»
"Barselona" o‘z maydonida "PSJ"ga yutqazib qo‘ydi.
ФОТО: Getty images
“Barselona” himoyachisi Jyul Kunde “PSJ”ga qarshi (1:2) o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
"PSJ bizdan jismoniy jihatdan kuchliroq edi. Biz xohlaganimizdek ularga bosim qila olmadik. Menimcha, aynan shu narsa yetishmadi.
Shuni qayd etish kerakki, raqib juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Biz natijadan bir oz xafamiz, lekin hayron qolmadik.
Biz bu jamoaning darajasi yuqori ekanligini bilamiz. Ular o‘ziga ishongan va juda yuqori saviyadagi futbolchilarga ega jamoa. Ular Chempionlar ligasi g‘olibi ekanliklarini isbotladilar”, - dedi fransiyalik futbolchi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist