Kuman: «Van Deyk har qanday murabbiy orzu qiladigan sardor»
Ronald Niderlandiya terma jamoasi sardorini maqtadi.
ФОТО: Getty images
Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoa himoyachisi va sardori Virjil van Deyk haqida fikr bildirdi.
«U har qanday murabbiy orzu qiladigan sardor. A'lo shaxsiyat, katta tajriba egasi. Bu uning so'nggi jahon chempionati bo'ladimi-yo'qmi — bilmayman. Balki shundaydir. Ammo u futbolchi sifatida ham, sardor sifatida ham Niderlandiyaning ajoyib elchisidir», — dedi Kuman FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Qayd etilishicha, Niderlandiya terma jamoasi jahon chempionatida F guruhidan joy olgan bo'lib, unda Yaponiya, Tunis va Shvetsiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist