locale OZ

Kukurelya Mourinyoning “Real”dagi ishini baholadi

Madridliklar portugaliyalik mutaxassis qaytganidan keyin o‘tkazgan dastlabki ikki rasmiy uchrashuvning har ikkisida g‘alaba qozondi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kukurelya Mourinyoning “Real”dagi ishini baholadi
Foto: Getty Images

“Real Madrid” himoyachisi Mark Kukurelya jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyoning faoliyatiga baho berdi. Madridliklar portugaliyalik mutaxassis qaytganidan keyin o‘tkazgan dastlabki ikki rasmiy uchrashuvning har ikkisida g‘alaba qozondi.

“Joze Mourinyoning mehnati o‘yinimizda sezilmoqda. Murabbiy o‘z ishini juda yaxshi bajarmoqda”, — dedi Kukurelya “Real Sosyedad”ga qarshi bahsdan keyingi intervyuda.

“Real” ushbu uchrashuvda “Real Sosyedad”ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Kiliан Mbappe xet-trik qayd etgan bo‘lsa, madridliklarning yana bir goliga Vinisius Junior mualliflik qildi.

Ma’lumot uchun, “Real” Mourinyo qaytganidan buyon barcha rasmiy uchrashuvlarda g‘alaba qozonmoqda. Madrid klubi navbatdagi bahsini 30-avgust kuni o‘z maydonida “Malaga”ga qarshi o‘tkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting