locale OZ

Kroos: «Barselona» bu mavsumda hech qanday xalqaro sovrinlarni yuta olmaydi»

«Real»ning sobiq yarimhimoyachisi kataloniyaliklarning joriy mavsumdagi oʻyini haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kroos: «Barselona» bu mavsumda hech qanday xalqaro sovrinlarni yuta olmaydi»
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi va Germaniya terma jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Toni Kroos «Barselona» joriy mavsumda birorta ham xalqaro sovrinni qo‘lga kirita olmasligini aytdi.

— «Barselona» Ispaniya Superkubogidagi g‘alabadan juda mamnun, biroq endi ularni Chempionlar Ligasi kutmoqda. Bu musobaqada raqiblar ancha yuqori saviyada bo‘ladi.

— Ular birorta ham xalqaro titulni yutmaydi. Hech bo‘lmaganda, mening fikrim shunday, — deya Kroosning so‘zlarini keltiradi Sport.es nashri.

Ma’lumot o‘rnida, «Barselona» Yevropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqich turnir jadvalida hozirda 15-o‘rinni egallab turibdi. Olti uchrashuv yakunlariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» hisobida 10 ochko mavjud. Musobaqaning 7-turida kataloniyaliklar «Ayntraxt»ga qarshi maydonga tushadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting