locale OZ

Kristian Novak \"Andijon\"ga nega kelganini aytdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kristian Novak "Andijon"ga nega kelganini aytdi
Photo: Andijan PFK

“Andijon” yozgi transfer oynasida tarkibini bir qator futbolchilar bilan to‘ldirayotgani sizga ma’lum.

Yaqinda “Burgutlar” safiga qo‘shilgan polyak himoyachi Kristian Novak ayni paytda jamoa bilan Tojikistondagi yig‘inda ishtirok etmoqda.

Yaqinda “Andijon”ning yangi legioneri klub matbuot xizmatiga ilk intervyusini berdi.

- Kristian, "Andijon" klubiga xush kelibsiz! Bu taklif sizga qachon tushdi va rozilik berishingizga asosiy sabab nima bo‘ldi?

- Qozog‘istonning “Jenis” klubi bilan shartnomani bekor qildim va “Andijon”dan taklif qabul qildim. Ular menga taqdim qilgan loyiha, jamoaning ishlash uslubi, Osiyo Chempionlar Ligasida ishtirok etishi, muxlislar – bularning barchasi meni shartnoma imzolashga undadi. Murabbiy ham muhim omil bo‘ldi. Chunki uning “Paxtakor”da bosh murabbiy bo'lganini bilardim. Mening do‘stim Banashak shu klubda o‘ynagan va shu jihatdan men Maksim Shatskixni tanirdim. Bu esa meni shartnoma imzolashga undadi.

- Jamoa bilan birinchi mashg‘ulotingizda muxlislar sizni nihoyatda iliq kutib olishdi. Dastlabki kundanoq mana shunday muhitni kutganmidingiz?

- Men o‘yinlarni tomosha qildim. Muxlislar tasavvur qilib bo‘lmas darajadagi atmosfera yaratishgan. Futbolchilarni ajoyib tarzda qo‘llab-quvvatlashadi. Meni ham juda yaxshi kutib olishdi. Ikkinchi davra boshlanishidan oldin bu biz uchun katta motivatsiya bo‘layapti.

- Ikkinchi davra "Andijon" uchun juda muhim. Jamoa chempionatdagi o‘rnini yaxshilashi va Osiyo Chempionlar Ligasida debyut qilishi lozim. Bu haqida nima deya olasiz?

- Ikkinchi davra oldidan tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazyapmiz. Mavsumning ikkinchi qismiga yaxshi formada kirib borishga harakat qilamiz. Murabbiylar hammasini rejalashtirib chiqishgan. Qo‘limizdan kelgancha qattiq mehnat qilib, mavsumning qolgan qismida eng yaxshi natijalarni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz. Ushbu ijobiy natijalarimiz ikkinchi davraning ilk o‘yinidan boshlanishidan umidvormiz. OChLdagi debyut uchrashuvimiz ham juda muhim hisoblanadi. Buni hamma yaxshi tushunadi. Barchaning istagi kuchli va ular buning uchun qancha jonini berib mashg‘ulotlar o‘tkazayotganini ko‘rishingiz mumkin. Jamoaning har bir a’zosi bunga tayyor bo‘lishi uchun juda qattiq shug‘ullanmoqda.

- Qaysi raqamni tanladingiz?

- 27-raqamda maydonga tushaman. Bu menga juda yoqadi. Kelganimda ushbu raqam bo‘sh ekan. So‘nggi paytlarda odatda 15-raqamda o‘ynardim. Lekin bu jamoada u band ekan, boshqa futbolchi o‘ynarkan. Shu bois 27 raqamni tanladim.

- Siz ilgari Yevropa chempionatlarida o‘ynagansiz. Osiyoga esa birinchi bor kelyapsiz. Bu faoliyatingizda yangi sahifa, shundaymi?

- Qozog‘istonda o‘ynadim va bu Osiyoga yaqin. Bundan tashqari, Yevropaning yana bir nechta davlatlarida ham o‘ynaganman. Turli davlat va ligalarga moslashishda menda muammo yo‘q, deb hisoblayman. Har bir mamlakat, yangi joy, yangi chaqiriq va yangi vazifa. Bularning barchasiga men har doim optimistik kayfiyatda yondashaman. Hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonaman.

- Siz bunga qadar O‘zbekiston futboli va "Andijon" haqida nimalarni bilardingiz?

- Mening do‘stim Psemislav Banashak “Paxtakor”da o‘ynaganida menga liga haqida gapirib bergan. “Andijon”ning bir nechta o‘yinlarini tomosha qilganman. Bu juda muhimki, jamoa tabiiy maydonda o‘ynarkan. Stadion katta. Barchasi menga professional futbol atmosferasiday tuyulyapti. Andijonda muxlislar jamoani juda qattiq va kuchli qo‘llab-quvvatlashadi. Bu narsani har bir uchrashuvda namoyish etishadi. Bu har bir inson uchun motivatsiya beradi. Oldinda kutib turgan birinchi o‘yinimni sabrsizlik bilan kutyapman.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting