locale OZ

«Kristal Pelas» o‘z tarixida ilk bor evrokuboklar guruh bosqichida ishtirok etadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Kristal Pelas» o‘z tarixida ilk bor evrokuboklar guruh bosqichida ishtirok etadi
Фото: Getty Images

"Kristal Pelas" Konferensiyalar ligasi saralashidan muvaffaqiyatli o'tdi.

Angliya klubi Norvegiyada "Fredrikstad" jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Bahsda hisob ochilmadi.

Dastlabki uchrashuvda "Kristal Pelas" o‘z maydonida 1:0 hisobida zafar quchib, o‘z tarixida ilk bor evrokuboklar guruh bosqichida qatnashish huquqiga ega bo‘ldi.

Avvalroq jamoa Angliya Superkubogini qo‘lga kiritgandi. Hal qiluvchi bahsda “Liverpul”ni penaltilar seriyasida mag‘lub etgan edi.

EKL. So‘nggi saralash bosqichi.

"Fredrikstad" - "Kristal Pelas" 0:0

Birinchi o‘yin: 0:1

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting