«Kristal Pэlas» APLda klubning XXI asrdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi
Klub o‘z rekordini yangiladi.
ФОТО: Getty images
“Kristal Pэlas” Angliya Premyer-ligasidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 10 ta o‘yinga yetkazdi.
APLning 4-turidan o‘rin olgan bahsda “burgutlar” “Sanderlend” bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Shu tariqa, “Kristal Pэlas” aprel oyidan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmayapti. Ayni paytda bu ko‘rsatkich ligadagi eng uzoq seriya hisoblanadi va klubning XXI asrdagi rekordiga aylandi.
Glasner so‘nggi bor chempionatda 10 va undan ortiq o‘yin davomida mag‘lubiyatsiz seriyani 1990 yilda qayd etgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist