Krishtianu Ronaldu APLga qaytishi mumkin
Futbol
Bakradze Iman
Redaktor
Rasm: idman.biz Krishtianu Ronaldu
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu Angliya Premer-ligasi jamoasi bilan bir oylik shartnoma imzolashi mumkin. «Al-Nasr» sardori Krishtianu Ronaldu klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish uchun Yevropaga qaytishi mumkin. Portugaliyalik futbolchi to‘p surayotgan jamoa musobaqaga yo‘llanma ololmadi.
SkySports kabi ko‘plab OAVlar «Chelsi» yoki «Manchester Siti» klubi Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolashga tayyorligi haqida yozmoqda. Eslatib o‘tamiz, 40 yoshli futbolchi joriy mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 19 gol va uchta golli uzatma bor. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 15 iyundan 13 iyulga qadar AQShda bo‘lib o‘tadi.