locale OZ

\"Krasnodar\" o‘z tarixida ilk bor Rossiya chempioniga aylandi

"Zenit"ning gegemonligiga chek qo‘yildi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Krasnodar" o‘z tarixida ilk bor Rossiya chempioniga aylandi
Photo: Getty Images

Rossiya chempionatida so‘nggi 30-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Chempionlik uchun kechgan kurashda “Krasnodar” o‘z maydonida “Dinamo”ni mag‘lub etib, peshqadamligini saqlab qoldi va o‘z tarixida ilk bor Rossiya chempioniga aylandi.

Natijada 2-o‘rin bilan cheklangan "Zenit"ning chempionatdagi 6 yillik hukmronligiga yakun yasadi.

O‘zbekistonlik Abbosbek Fayzullayev harakat qiladigan CSKA o‘z maydonida “Nijniy Novgorod”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Fayzullayev bu uchrashuvda zaxirada qoldirildi. Ushbu natijadan so‘ng “armiyachilar” turnir jadvalida 59 ochko to‘plagan holda 3-pog‘onani band etdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting