“Koventri” Mixayl Mudrikni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Hozirda 25 yoshli Mudrik “Chelsi” bilan Gonkongdagi mavsumoldi yig‘inida qatnashmoqda.
Foto: Getty Images
“Chelsi” yarim himoyachisi Mixaylo Mudrik futbol faoliyatiga qaytishga ruxsat olganidan so‘ng, unga bir qator klublar qiziqish bildira boshladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Chelsi” ukrainalik futbolchi bo‘yicha bir nechta taklif olgan. Mudrikka qiziqayotgan jamoalar orasida Frenk Lempard boshqaruvidagi “Koventri” ham bor.
Lempard avvalroq “Chelsi”da Mudrik bilan birga ishlagan. Ukrainalik futbolchi uning qo‘l ostida sakkizta uchrashuv o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Hozirda 25 yoshli Mudrik “Chelsi” bilan Gonkongdagi mavsumoldi yig‘inida qatnashmoqda. London klubi futbolchining kelajagi bo‘yicha hozircha yakuniy qaror qabul qilmagan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist