locale OZ

Kovach: «Hozir “Bavariya”ga jiddiy qarshilik ko‘rsata olmaymiz»

Dortmund klubi Bundesligada 2-o‘rinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kovach: «Hozir “Bavariya”ga jiddiy qarshilik ko‘rsata olmaymiz»
ФОТО: Getty images

“Borussiya D” bosh murabbiyi Niko Kovach kelasi mavsumda jamoasining chempionlik uchun imkoniyatlarini baholab o‘tdi. Uning fikricha, dortmundliklar hozircha “Bavariya”ga jiddiy raqobat ko‘rsata olmaydi.

“Borussiya” 2025/2026 yilgi mavsumni Bundesligada ikkinchi o‘rinda yakunladi va myunxenliklardan 16 ochko ortda qoldi.

“Men tushunaman — hamma bizdan o‘sishni kutyapti: yuqoriroq, uzoqroq, tezroq. Ammo kelasi yili “Bavariya”ga jiddiy chaqiriq tashlay olamiz, deb o‘ylashga hojat yo‘q. Men vaziyatni real baholashni afzal ko‘raman: myunxenliklarda ancha katta byudjet va juda kuchli, yulduzlarga boy tarkib bor”, — dedi Kovach.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting