locale OZ

Kotrina Kulbite: “Terma jamoa eshiklari barcha uchun ochiq”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kotrina Kulbite: “Terma jamoa eshiklari barcha uchun ochiq”
PHOTO: Telegram

O‘zbekiston Ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Kotrina Kulbite Xitoyda o‘tkaziladigan xalqaro turnir oldidan tayyorgarlik xususida fikr bildirdi.

“Yigirma uch nafar futbolchi bilan mashg‘ulotlarimizni boshladik. Afsuski bizda katta yo‘qotish bor. Darvozabonimiz Zarina Saidova jarohati tufayli bu galgi yig‘inda qatnasha olmaydi. SHuni aytmoqchimanki, yangi chaqirilgan futbolchilar, yoki avval chaqirilgan futbolchilar, umuman barcha uchun terma jamoa eshiklari ochiq. Ko‘rishimiz mumkinki, futbolchilar o‘z ustilarida ishlashda davom etyapti. Chempionatlarda va mashg‘ulotlarda o‘zlarini ko‘rsatishyapti. Hozirda har bir qadamimiz saralash orqali bizni osiyo chempionatiga yaqinlashtiradi”,-deydi ayollar terma jamoamiz bosh murrabiyi

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting