Ko‘rfaz kubogi. BAA Yamanni, Qatar amaldagi chempionni mag‘lub etdi
Dalich va Lopetegi jamoalari turnirni g‘alaba bilan boshladi.
photo: gettyimages
Ko‘rfaz kubogi. BAA Yamanni, Qatar amaldagi chempionni mag‘lub etdi
Dalich va Lopetegi jamoalari turnirni g‘alaba bilan boshladi.
Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o‘tayotgan Ko‘rfaz kubogida V guruhining 1-tur bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Zlatko Dalich boshqaruvidagi BAA Yamanga qarshi bahsda mahalliylashtirilgan futbolchilarning gollari evaziga yirik hisobda ustun kelgan bo‘lsa, Xulen Lopetegining Qatari amaldagi chempion Bahraynni mag‘lubiyatga uchratdi.
Avvalroq A guruhida dastlabki tur o‘yinlari o‘tkazilgandi.
Ko‘rfaz kubogi. V guruhi
1-tur. 24 sentyabr
BAA — Yaman 4:0
Gollar: Ximenes (26, 51), Sahal (36, avtogol), Pereyra (45+4).
Qatar — Bahrayn 2:0
Gollar: Huhi (61), Al Haydos (90+9, penalti).
Chetlatishlar: Fathi (70) — Al Asfur (90+5).