Konstantin Sviridov: Birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborsak-da, tezda javob qaytarganimizdan mamnunman
SQB – NASAF uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Konstantin Sviridov o'yin haqidagi o'z fikrlarini bildirdi.
photo: UFF
SQB – NASAF uchrashuvidan keyin toshkentliklar bosh murabbiyi Konstantin Sviridov o'yin haqidagi o'z fikrlarini bildirdi.
“Avvalo raqibni bugungi o‘yinda qo‘lga kiritgan ochkosi bilan tabriklayman. Biz bilan o‘yinga ular ishtiyoq bilan chiqishdi va maqsadlariga erishishdi. Bizning esa o‘yinimiz unchalik qovushmadi.Yaratgan vaziyatlarimizdan foydalana olmadik.
Birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborsak-da, tezda javob qaytarganimizdan mamnunman. O‘yin oxiriga kelganda raqibni maydonchasiga qamab qo‘ydik. Biroq g‘alaba uchun bizga vaqt yetishmadi. Bugun futboldagi omad bizga yetishmadi. “Nasaf”ga keyingi o‘yinlarda omad tilayman”,-dedi mutaxassis.
Ibrohim Jalolov
Redaktor