Konsa «Liverpul»ga o'tishi mumkin
Avvalroq Konsaga «Arsenal» ham qiziqqan edi.
ФОТО: Getty images
«Aston Villa» himoyachisi Ezri Konsa klubini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Football FanCast xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 28 yoshli futbolchiga «Liverpul» qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar Konsani tarkibga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Avvalroq Konsaga «Arsenal» ham qiziqqan edi. Biroq London klubi «Aston Villa»ning futbolchi uchun qo'ygan moliyaviy talablarini qanoatlantira olmagan.
Qayd etilishicha, yangi mavsumda «Liverpul»ni yangi bosh murabbiy Andoni Iraola boshqaradi. Ispaniyalik mutaxassis jamoa tarkibini kuchaytirish maqsadida himoya chizig'iga ham yangi futbolchi olib kelishni rejalashtirmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist