Konferensiyalar ligasi. Chorak final juftliklari aniq bo‘ldi
Mazkur bosqichning ilk uchrashuvlari 9 aprel kuni, javob o‘yinlari esa 15–16 aprel sanasida bo‘lib o‘tadi.
ФОТО: Getty images
UEFA Konferensiyalar ligasi 2025/2026 mavsumining 1/4 final bosqichida ishtirok etadigan barcha sakkiz jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.
Konferensiyalar ligasi 1/4 final juftliklari:
“Shaxtyor” — “AZ Alkmaar”;
“Kristal Pelas” — “Fiorentina”;
“Rayo Valyekano” — AEK Afina;
“Mainz” — “Strasburg”.
Eslatib o‘tamiz, mazkur bosqichning ilk uchrashuvlari 9 aprel kuni, javob o‘yinlari esa 15–16 aprel sanasida bo‘lib o‘tadi. Turnir finali Leyptsig shahridagi “Leyptsig” stadionida o‘tkaziladi. Hal qiluvchi uchrashuv 2026 yil 27 may kuniga belgilangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist