locale OZ

Konferensiyalar ligasi. 2-tur. Fiorentina mehmonda yirik hisobda g'alaba qozondi va boshqa natijalar

Yevropa konferensiyalar ligasining 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Konferensiyalar ligasi. 2-tur. Fiorentina mehmonda yirik hisobda g'alaba qozondi va boshqa natijalar
photo: gettyimages

Yevropa konferensiyalar ligasining 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Fiorentina mehmonda Rapid ustidan yirik 0:3 hisobida g'alaba qozondi. Hakken Rayo Valekano bilan jangovor durang o'ynadi. Shaxtyor Legiyaga 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi. AZ o'z uyida Slovanni kichik 1:0 hisobida mag'lub qildi. Strasburg Yegelloniya bilan murosa ko'chasini tanladi. Ayek Afina Aberdin darvozasiga javobsiz 6ta to'p kiritib, yirik hisobda tor-mor qildi. Drita Omoniya bilan durang o'ynadi. Shkendiya 79 Shelbrunni yagona gol evaziga mag'lub qildi. Breydablik jamoasi KuPS bilan nursiz durang qayd etdi.

YEKL. 2-tur. 23 oktyabr
Rapid — Fiorentina 0:3
Gollar: Ndur (9), Jeko (48), Gudmundsson (88).

Hekken — Rayo Valekano 2:2
Gollar: Lindberg (41), Brusberg (55) — Garsiya (15), Ratsiu (90+13, penalti).

Shaxtyor — Legiya 1:2
Gollar: Meyrelles (61) — Augustinyak (16, 90+4).

AZ — Slovan 1:0
Gol: Miynans (44).
Foydalanilmagan penalti: Miynans (45+5).

Strasburg — Yagelloniya 1:1
Gollar: Panichelli (79) — Poso (53).

AYEK Afina — Aberdin 6:0
Gollar: Koyta (11, 18), Eliasson (27), Marin (55), Yovich (81), Kutesa (87).

Drita — Omoniya 1:1
Gollar: Manaj (12) — Masuras (45+1).

Shkendiya 79 —Shelburn 1:0
Gol: Barrett (90+2, avtogol).

Breydablik — KuPS 0:0

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting