locale OZ

Konate: «Oltin to‘p»ni Mbappega bergan bo‘lardim»

Fransiyalik futbolchi jamoadoshini maqtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Konate: «Oltin to‘p»ni Mbappega bergan bo‘lardim»
ФОТО: Getty images

«Real» klubi himoyachisi Ibraima Konate jamoadoshi Kilian Mbappe bu yil «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi kerak, deb hisoblaydi.

«Men «Oltin to‘p»ni Mbappega bergan bo‘lardim. Ammo, rostini aytsam, biz kiyinish xonasida bu mavzuni muhokama qilmaymiz», — dedi Konate.

Kilian Mbappe Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 1-turida Milanning «Inter» klubiga qarshi bahsda «Real»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shib, «neradzurrilar» darvozasiga birinchi golni urdi.

«Oltin to‘p» sohibi 26 oktyabr kuni e’lon qilinadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting