Konate «Liverpul»ni tark etishga qaror qildi
Ibrahima "qizillar" safida 2021 yilning yozidan buyon toʻp tepib kelmoqda.
ФОТО: Getty images
“Liverpul” himoyachisi Ibrahima Konate mavsum yakunida “qizillar”ni erkin agent sifatida tark etadi. Bu haqda AS xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi klubni tark etib, “Real”ga o‘tishi mumkin. Hozirda madridliklar uni oʻz safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan.
Eslatib oʻtamiz, Konatening “qizillar” bilan mehnat shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi.
Ibrahima "qizillar" safida 2021 yilning yozidan beri toʻp tepib kelmoqda. Himoyachining bozor narxi 55 million yevroga baholanmoqda.
Konate Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 11 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta sariq kartochka oldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist