Konate «Liverpul» bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi
U faoliyatini Madridda davom ettirishni istamoqda.
ФОТО: Getty images
Ibraima Konate uch marta "Liverpul" bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi. Bu haqda Marca xabar tarqatdi.
Manbada keltirilishicha, 26 yoshli Frantsiya terma jamoasi himoyachisi erkin agentga aylanib, "Real"ga bepul o'tishni istamoqda. Shu sababli mersisayd klubi Konate bilan yangi shartnoma tuzishga urinayotgan edi.
Shuningdek, "Real" "Arsenal" bilan shartnomasi 2027 yil iyunigacha amal qiluvchi Vilyam Saliba variantini ham ko'rib chiqmoqda. Aynan o'shanda frantsiyalik futbolchi erkin agentga aylanib, "Liverpul"ning sobiq himoyachisi Trent Aleksander-Arnold kabi "Real"ga bepul o'tishi mumkin.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist