locale OZ

Konate Fransiya terma jamoasi tarkibini tark etdi

Zidan Konate o‘rniga Yoroni tarkibga jalb qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Konate Fransiya terma jamoasi tarkibini tark etdi
ФОТО: Getty images

Madridning «Real» klubi va Fransiya milliy terma jamoasi himoyachisi Ibraima Konate o‘ng tizzasi bog‘lamlaridan jarohat oldi. Jarohati sabab futbolchi milliy jamoa ixtiyorini tark etishga majbur bo‘ldi.

Fransiya terma jamoasi matbuot xizmati xabar berishicha, bosh murabbiy Zinedin Zidan Konate o‘rniga «Manchester Yunayted» himoyachisi Leni Yoroni tarkibga jalb qilgan.

Yaqin vaqt ichida Fransiya terma jamoasini UEFA Millatlar ligasi guruh bosqichida bir qator muhim uchrashuvlar kutib turibdi. «Uch ranglilar» Turkiya, Belgiya va Italiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Zinedin Zidan Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimini joriy yil yozida egallagan. Mutaxassis terma jamoa bilan 4 yillik shartnoma imzolagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting