locale OZ

Kompani Upamekanoning «Bavariya»dagi kelajagi haqida fikr bildirdi

Himoyachi 2021 yilning yozidan buyon myunxenliklar safida toʻp surmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kompani Upamekanoning «Bavariya»dagi kelajagi haqida fikr bildirdi
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoa himoyachisi Deyotshankul Upamekanoning shartnomasini uzaytirish ehtimoli bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.

«Murabbiy sifatida sen har doim ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatasan va bu jarayonda o‘z o‘rning bo‘ladi. Bu holatda mening vazifam sof sport masalalariga qaratilgan — futbolchining rivoji ustida ishlash. Eng muhimi, u maydondagi o‘yini bilan shartnoma masalasi bir-biriga aralashib ketmasligini his qilishi kerak. Futbol doimo ustuvor bo‘lib qolishi lozim, biz aynan shu haqda gapiryapmiz», — deya Kompanining so‘zlarini keltiradi klubning rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, Upamekano «Bavariya» safiga 2021 yil yozida «RB Leypsig»dan kelib qo‘shilgan. Joriy mavsumda fransiyalik himoyachi barcha turnirlar doirasida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 60 mln yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting