Kompani: «Bu – kubok juda muhim»
Photo: Getty Images
“Bavariya” bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoasining Germaniya Superkubogi uchun "Shtutgart"ga qarshi o‘yindagi muvaffaqiyati (2:1) haqida gapirdi.
“Bu - kubok juda muhim. Chunki u klub afsonasi Frants Bekkenbauer nomi bilan ataladi. “Shtutgart”da bu hech qachon oson bo‘lmagan. Ammo biz buning uddasidan chiqdik.
Mavsumga uzoqroq tayyorgarlik ko‘rishni maqul ko‘rgan bo‘lardik. Shikoyat qilishning ma’nosi yo‘q. Vazifani bajardik.
Biz maqsadimizga erishdik va mavsumni kubok bilan boshladik. Bu muhim", - dedi Kompani.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist