locale OZ

«Komo» ilk bor tarixida Chempionlar ligasida qatnashadi

Jamoa turnir jadvalida 4-o‘rinni egalladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Como ilk bor tarixida Chempionlar ligasida qatnashadi
ФОТО: Getty images

"Komo" Italiya A Seriyasi 2025/2026 mavsumining so‘nggi, 38-turida "Kremoneze"ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

Shu tariqa Sesk Fabregas boshchiligidagi jamoa o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasida ishtirok etadi.

"Komo" 71 ochko to‘plab, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Turnir jadvalida "Milan" (70 ochko) va "Yuventus" (68 ochko) ortda qoldi.

Sesk Fabregas "Komo"ni 2024 yil yozida boshqaruviga olgan edi. O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, jamoa A Seriya turnir jadvalida 10-o‘rinni egallagan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting