locale OZ

KO'JCH. \"Borussiya D\" Meksika klubini mag'lub etib, chorak finalga yo'l oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
KO'JCH. "Borussiya D" Meksika klubini mag'lub etib, chorak finalga yo'l oldi
Photo: Getty Images

AQShda o'tkazilayotgan Klublar o'rtasidagi jahon chempionati nimchorak final bahsida "Borussiya D" va "Monterrey" o'zaro to'qnash kelishdi.

Mazkur bahsda germaniyaliklar 2:1 hisobida zafar quchdi. Nominal mezbonlar safida ikki golga ham Girassi mualliflik qildi. Meksika klubining yagona goli esa Berterame nomiga qayd etildi.

Shu tariqa, "Borussiya D" chorak final bellashuvida "Real"ga qarshi maydonga tushadi. Biroq maydonda aka-uka Bellingemlar bahsiga guvoh bo'lmaymiz. Job sariq kartochkalari ko'payib ketgani sabab "Real"ga qarshi o'ynamaydi.

KO'JCH. 1/8 final

"Borussiya D" 2:1 "Monterrey"

Gollar: Girassi 14, 24 (dubl) — Berterame 48.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting