Kodi Gakpo Niderlandiya — Shvetsiya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Uchrashuvda futbolchi dubl qayd etdi.
FOTO: Getty Images
Niderlandiya milliy terma jamoasi hujumchisi Kodi Gakpo Jahon chempionati guruh bosqichidan o‘rin olgan Shvetsiyaga qarshi bahsning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etildi.
«Olovranglilar» vingeri uchrashuv davomida raqib darvozasiga ikkita gol kiritganidan tashqari, jamoadoshiga bitta golli uzatmani ham amalga oshirdi va ushbu maxsus sovronga loyiq ko‘rildi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuvda Niderlandiya terma jamoasi Shvetsiya ustidan 5:1 hisobidagi yirik va ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist