Kobbi Maynu «MYU»da qoladi
Фото: Getty Images
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kobbi Maynu kelajagi borasida bir qarorga keldi.
Jurnalist va insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, 20 yoshli futbolchi "qizil iblislar"da qoladi. Maynu kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani sababli jamoasini almashtirishni maqsad qilgandi.
Biroq "MYU" rahbariyati transfer oynasi yakunlanish arafasida unda ketish imkoniyati yo‘qligini bildirgan.
Shu tariqa, u asosiy tarkib uchun kurashadi. Amorim futbolchiga imkoniyat berishi taxmin qilinmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist