Klublardan daraklar | SQB PFC Superkubok oldidan “Maksam-Chirchiq”ni mag‘lub etdi
Klublardan daraklar | SQB PFC Superkubok oldidan “Maksam-Chirchiq”ni mag‘lub etdi
Poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida O‘zbekiston Superkubogi — 2026 uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rayotgan SQB PFC jamoasi navbatdagi nazorat bahsini o‘tkazdi.
Bankchilar Toshkent viloyatining “Maksam-Chirchiq” jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda 5:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.
“SQB” safida Samariddin Berkinov (2 ta), Antonio (2 ta) va Juninho gollarga mualliflik qilishgan bo‘lishsa, “Maksam-Chirchiq” tarkibida Tohirbek Abdukarimov va Sarvar Norqulov raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi.
Mazkur nazorat uchrashuvi mamlakat vitse-chempioni Superkubok bahsiga tobora yaxshi sport formasida yaqinlashayotganini ko‘rsatdi.
Oliy liga klublari yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda!