Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi
FIFA yangi formatda tashkil qilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadigan barcha jamoalar aniqlandi.
So‘nggi yo‘llanmani Meksikaning “Amerika” klubini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan AQShning “Los-Anjeles” futbolchilari qo‘lga kiritdi.
15 iyun kuni AQShda start oladigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida jami 32 ta jamoa sakkizta guruhga bo‘lingan holda o‘ynaydi. Har bir guruhdan dastlabki ikki pog‘onani egallagan klublar pley-off bosqichiga chiqadi.
Jahon chempionatining barcha ishtirokchilari bilan tanishing.
UEFA:
“Chelsea”, “Manchester City”, “Real Madrid”, “Bavariya”, “Paris Saint-Germain”, “Inter”, “Portu”, “Benfika”, “Borussiya Dortmund”, “Yuventus”, “Atletiko Madrid”, “Red Bull Zaltsburg”.
KONMEBOL:
“Palmeyras”, “Flamengo”, “Fluminense”, “Botafogo”, “River Plate”, “Boka Xuniors”.
KONKAKAF:
“Monterrey”, “Seattle Sounders”, “Pachuca”, “Inter Mayami”, “Los-Anjeles”.
OFK:
“Al-Hilol”, “Urawa Red Diamonds”, “Al-Ayn”, “Ulsan Xyondae”.
Okeaniya FK:
“Auckland City”.
KAF:
“Al-Ahli”, “Wydad”, “Esperance”, “Mamelodi Sundowns”.