locale OZ

Klod Makelele «Chelsi»dagi Abramovich haqida: U juda futbolsevar inson edi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

«Chelsi»ning sobiq futbolchisi Klod Makelele londonlik klubning sobiq egasi Roman Abramovich haqida xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

— Siz «Chelsi»da o‘ynagan paytingizda klub Roman Abramovichga tegishli edi. U qanday inson?
— Roman futbolni juda yaxshi ko‘rardi. Men uchun futbol hayotimning ma’nosi bo‘lganidek, u uchun ham shunday edi. U taktika haqida doim savollar berib turardi, “Nega bunday? Nega boshqacha emas?” deb so‘rardi. Bizni ko‘pincha o‘zi va rafiqasi bilan kechki ovqatga taklif qilardi.

— Abramovich sizga «Chelsi»ga o‘tish taklifini qanday qilib qabul qildirdi?
— Unda pul ko‘p edi, xa-xa. Lekin eng muhimi — u mening «Chelsi»da o‘ynashimni chin dildan xohlardi. Bu his menga o‘tdi va qarorimga ta’sir ko‘rsatdi. Xursandmanki, men o‘ynagan paytda «Chelsi» jahon miqyosidagi klubga aylandi, — dedi Makelele.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting