locale OZ

Klaudio Echeverri «Benfika»ga o‘tdi

O‘tgan mavsumda u ijara asosida «Jirona» safida to‘p tepgan edi.
Klaudio Echeverri «Benfika»ga o‘tdi
ФОТО: Getty images

Argentinalik iqtidorli yarim himoyachi Klaudio Echeverri faoliyatini Portugaliyaning «Benfika» klubida davom ettiradi. 20 yoshli futbolchi «Manchester Siti»dan ijara asosida Lissabon jamoasiga qo‘shildi.

«Benfika» Echeverri bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Tomonlar futbolchining bir mavsumlik ijarasi bo‘yicha kelishuvga erishgan, bitimda uni sotib olish imkoniyati ham mavjud.

Echeverri 2024 yilda «River Pleyt»dan «Manchester Siti»ga ko‘chib o‘tgan. O‘tgan mavsumda u ijara asosida «Jirona» safida to‘p tepgan edi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting