KŌJCh. \"Fluminense\" – \"Chelsi\": Jamoalarning asosiy tarkiblari e'lon qilindi
Photo: Getty Images
Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatining yarim final uchrashuvlari boshlanmoqda.
Dastlabki bahsda Braziliyaning “Fluminense” va Angliyaning “Chelsi” jamoalari oʻzaro toʻqnash kelishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanadi. Ushbu bellashuv AQShning Ist-Raterford shahridagi “Metlife” stadionida boʻlib oʻtadi.
Har ikkala jamoaning tarkiblari e'lon qilindi.
Fluminense: Fabio, Ignacio, Silva, Santos, Guga, Bernal, Erkules, Nonato, Rene, Aryas, Kano.
Chelsi: Sanches, Gyusto, Adarabioyo, Chaloba, Kukurelya, Kaysedo, Fernandes, Palmer, Nkunku, Netu, Pedro.
Bahrom Bobonov
Redaktor