KŌJCh. «Chelsi» «PSJ»ni yirik hisobda mag'lub etib, turnir g'olibiga aylandi
Photo: Getty Images
Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining final bahsida “Chelsi” klubi “PSJ”ni qabul qildi.
O'yinda kutilmagan voqealar yuz berdi. 22-daqiqada Palmer hisobni ochdi. 30-daqiqada Palmer dublini rasmiylashtirdi.
Tanaffus oldidan Joao Pedro Donnarummani ojiz qoldirdi. Bu vaziyatda Koul assist vazifasini bajardi.
Shu tariqa, “Chelsi” finalda “PSJ”ni 3:0 hisobida mag'lub etib, yangilangan formatdagi turnirda g'olib chiqdi. “PSJ”ning mag'lubiyatsiz seriyasiga ham yakun yasaldi.
KŌJCh. Final
“Chelsi” 3:0 “PSJ”
Gollar: Palmer 22, 30, Pedro 43
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist