locale OZ

Kingsley Sarfo – «Dinamo» futbolchisi

Sarfo bilan erkin agent sifatida bir yillik shartnoma imzolandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kingsley Sarfo – «Dinamo» futbolchisi
Фото: Динамо ПФК

"Dinamo" jamoasi Dubaydagi yig'in doirasida o'tkazilgan ko'rikdan so'ng yana bir legioner futbolchi bilan kelishuvga erishganini ma'lum qiladi.

2026 yilgi mavsum oldidan jamoa tarkibini kuchaytirish ishlari olib borilmoqda. Ganalik 30 yoshli yarimhimoyachi Kingsley Sarfo "Dinamo" PFK bilan erkin agent sifatida bir yillik shartnoma imzoladi.

Markaziy yarimhimoyachi so'nggi to'rt yilda Kiprning APOEL klubi sharafini himoya qilgan bo'lsa, undan oldin "Nikosia", Shvetsiyaning "Malmo" va "Sirius" jamoalari sharafini ham himoya qilgan. U YECHL, Yevropa Ligasi va Konferensiyalar Ligasi saralash hamda asosiy bosqichida ham maydonga tushgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting